Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUNOSABAT

×

 2024-01-15 16:29:01    361

PDF yuklash
Chop etish


Munosabat


Subhonali Nishonov - “Hazrati Ali ” mahalla fuqarolar yig’ini raisi:


— Tuman konferentsiyasida nafaqat mahalla raislari, balki “ettilik” vakillarining vazifalari haqida ham ma'lumotga ega bo’ldik. Bu mahallada ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, yo’naltirishda qo’l keladi. 


Davlatimiz rahbarining 2023 yil 21 dekabrdagi «Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo’g’in sifatida ishlashini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni yurtimizdagi noyob mahalla instituti faoliyatiga qaratilgan e'tibor namunasidir. 


Farmonga ko’ra, mahallada ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishni yanada takomillashtirishda ijtimoiy xodim lavozimi tashkil etilayotgani ayni muddao bo’ldi. Endi bu mutaxassislar ko’magida og’ir ahvolga tushib qolgan va og’ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo’lgan shaxslar va oilalarni aniqlash, ularning ehtiyojlariga qarab, kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat ko’rsatish va yordamlarni tashkil etish imkoni yaratilmoqda. «Temir daftar» Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning hududiy bo’linmalari 

tomonidan yuritiladi. 


Konferentsiyada mahallalarda ma'naviyat yo’nalishida amalga oshiriladigan vazifalarga to’xtalib o’tildi. Ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashni, avvalo, oilamizdan, mahallamizdan boshlash zarur. Buning uchun har bir fuqaro jamiyatda kechayotgan o’zgarishlarga daxldorlik hissi bilan yashashi, loqayd bo’lmasligi shart. Bu borada fuqarolar yig’inlari qoshidagi jamoatchilik komissiyalari faol bo’lmog’i lozim. Ma'naviy nuqtai nazardan «uxlab yotish»ga, loqayd bo’lishga hech kimning haqqi yo’q. 


Tuman konferentsiyasida belgilangan yo’nalishlar asosida mahallalar faoliyatini kelgusida takomillashtirish bo’yicha muhim vazifalar belgilab olindi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram