Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YONG’INDAN ZARAR KO’RGAN XONADONGA AMALIY KO’MAK KO’RSATILDI

×

 2024-01-15 16:17:43    407

PDF yuklash
Chop etish


Yong’indan zarar ko’rgan xonadonga amaliy ko’mak ko’rsatildi

“Olov - tilsiz yov” degan gap bor xalqimizda. “O’t balosidan asrasin” degan gapning negizida ham katta ma'no va mazmun mujassam.


Kuni kecha Yangiariq mahallasining «Zamin” ko’chasidagi 5-xonadonda yong’in chiqgan. Favqulodda vaziyatlar bo’limi yong’in xavfsizligi bo’limi va mahalla ahlining birdamligida yong’in o’chirildi va uning boshqa qo’shni xonadonga o’tmasligi oldi olindi.


Yong’in oqibatida mazkur oiladagi 3 ta xonadonga zarar yetkazilganligi ma'lum bo’ldi. Tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyev boshchiligidagi tezkor shtab a'zolari voqea joyida bo’lishib, yong’in oqibatlarini bartaraf etish choralari ko’rildi. Eng asosiysi, yong’inda oila a'zolari yoki qutqaruvchilarga zarar yetkazilmagan.


Tuman hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari Rasuljon Mirsaidovning ma'lumotiga ko’ra, xonadonida yong’in sodir bo’lgan fuqaro Rahimali Mahmatovga aholi tomonidan moddiy yordam ko’rsatilgan. Tuman hokimligi tomonidan shifer mahsuloti, xonadon ustiga lozim bo’lgan barcha mahsulotlar yetkazib berilgan.

Yong’in oqibatlarini bartaraf etish uchun tumandagi korxonalar texnikalari va fuqarolarning shaxsiy avtoulovlari jalb etildi. Tuman hokimligi va saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan mazkur oila a'zolariga xonadonlarni tiklash va qurish uchun kerakli mahsulotlar – pol uchun taxtalar va eshik-romlar ham yetkazib beriladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram