Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUNOSABAT

×

 2024-01-15 16:11:01    278

PDF yuklash
Chop etish


Munosabat


Dodomajid Majidov - “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig’ini raisi:


— Tuman konferentsiyasi faoliyatimizga oid bilimlarni egallash, tajriba almashish imkonini berdi. 


Konferentsiyada mahalla raislari vazifalariga to’xtalib o’tilib, raislar har oyda bir marotaba yig’indagi barcha ko’chalarda ommaviy hashar uyushtirishi, kamida 2 ta ehtiyojmand oilaning ta'mirtalab xonadonida qo’ni-qo’shnilarni jalb etgan holda, hashar tashkil etishi mahallada birdamlik kayfiyati hukm surishiga zamin yaratishi qayd etildi. 


Anjumanda ma'naviyat sohasiga oid fikr-mulohazalar almashildi, Prezidentning ayni sohaga oid yig’ilishida belgilab berilgan vazifalar tahlil qilindi. Qayd etilganidek, oilalar va mahallada ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirish, to’y-hashamlarni ijtimoiy tabaqalanishga yo’l qo’ymagan holda kamchiqim va kamxarj qilib o’tkazish ishlariga keksa avlod vakillarini jalb etishimiz, ularning hayotiy tajribasidan keng foydalanishimiz zarur. Har chorakda bir marotaba madaniyat xodimlari, yozuvchi va shoirlarning aholi bilan milliy qadriyatlar va urf-odatlarni saqlash bo’yicha uchrashuvlar tashkil etilishi bizga qo’l keladi. 


Tuman konferentsiyasida ko’tarilgan har bir fikr, taklif va muhokama qilingan masalalarning barchasi soha taraqqiyotiga xizmat qiladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram