Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALARDA YOSHLAR O’RTASIDA FUTBOL MUSOBAQALARI O’TKAZILMOQDA

×

 2024-01-15 16:08:54    189

PDF yuklash
Chop etish


Mahallalarda yoshlar o’rtasida futbol musobaqalari o’tkazilmoqda

Hududlarda, ayniqsa, qishloq joylarda sportni rivojlantirish va sohaga yoshlarni jalb etishga oid ishlarda faoliyati yo’lga qo’yilgan yoshlar yetakchilarining hissasini alohida ta'kidlash joyiz. Zotan, buyuk sportchi va chempionlar ham mahalladan chiqgan.    

Sarikanda yoshlari o’rtasida sportning mini-futbol turi bo’yicha “Mahalla kubogi” musobaqasi yakuniga yetdi. Uch kun davom etgan futbol musobaqasida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan 200 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.


Murosasiz kechgan bahslarda 18ta jamoa qatnashdi. Yakuniy natijalarga ko’ra:

1-o’rin – “1998 yoshlari”, 2-o’rin – “1996 yoshlari” va 3-o’rin – “1993 yoshlari” jamoalariga nasib etdi.


Mahalla yoshlar yetakchisi Dodohayit Hasanovning ma'lumotiga ko’ra, g’olib jamoalarga kubok, pul mukofoti hamda diplom topshirildi. Shuningdek, “Turnir kashfiyoti” va “Eng yaxshi futbolchi” nominatsiyalari bo’yicha ham futbolchilar taqdirlandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram