Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 161 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLANING HAQIQIY JONKUYAR FIDOYISI BO’LISH ASOSIY MAQSADIMIZ

×

 2024-01-13 15:25:46    388

PDF yuklash
Chop etish


Mahallaning haqiqiy jonkuyar fidoyisi bo’lish asosiy maqsadimiz

Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash borasida berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yildan-yilga ortib bormoqda. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish, gender tengligini ta'minlash borasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xalqimiz tarixida buyuk allomalar, jahongir bobolarimiz qatorida, bunday insonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalagan, ulug’vor ishlarga ruhlantirgan fozila ayollar ham ko’p bo’lgan. Bugun ham xotin-qizlarimiz farzand tarbiyasida, turli sohalarda, mahallalarda fidoyilik ko’rsatmoqda. Ularning og’irini yengil qilish, huquq va manfaatlarini ta'minlash maqsadida so’nggi yillarda bir qator qonunlar, farmon va qarorlar qabul qilindi.

Hozirgi kunda bizning mahallamizda «Ayollar daftari»da 70 nafar xotin-qizlar ro’yxatda turibdi, ulardan 50% nafari ish bilan ta'minlandi. Ayollar o’rtasida jinoyatchilik, oilada zo’ravonlik va tazyiq holatlari yuq.

Davlatimiz rahbari bu muammolarni hal etishda mahalla faollari, jamoatchilik va nuroniylarning o’rni borligini alohida ta'kidlaydi.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida” gi 2023-yil 21-dekabrdagi 208-sonli Farmon va 401-sonli qarori qabul qilinganligi biz xotin-qizlar faollari uchun dastur bo’lishi shubhasiz.

Ayollarning jamiyatdagi o’rni va oiladagi nufuzini oshirishga, salomatligini tiklashga, doimiy daromadli ish bilan band qilishga, huquq va erkinliklarini ximoya qilishga, kasb-hunarga o’rgatishga, ularning oliy va o’rta-maxsus talim olishlari uchun imkoniyat yaratishga qaratilgani bizni judayam kuvontirdi. 

Buning uchun muxtaram Prezidentimizdan minnatdormiz. Yurtboshimiz biz-xotin-qizlar faollariga mas'uliyat va vazifalarni ishonib topshirar ekanlar,biz bunga munosib javob beramaiz!

Men o’zim faoliyat olib borayotgan mahalla miqyosida barcha vazifalarni tizimli ravishda xal qilishga etibor qaratishni, mahallaning haqiqiy jonkuyar fidoyisi bo’lishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim.

Muhtaram Prezidentimizga So’x tuman ayollari nomindan chuqur minnatdorchilik bildiraman va ishonchlarini oqlaymiz deb, va'da beraman!

Nargiza Dodoxonova - Chumoqcha mahalla fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram