Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 162 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“ASKAR ONALARINI SHARAFLAYMIZ” MAVZUSIDAGI TADBIR DOIRASIDA VATAN UCHUN JON FIDO QILGAN ASKARLAR XOTIRASI SHARAFLANMOQDA

×

 2024-01-12 15:47:11    216

PDF yuklash
Chop etish


“Askar onalarini sharaflaymiz” mavzusidagi tadbir doirasida Vatan uchun jon fido qilgan askarlar xotirasi sharaflanmoqda

14 yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab tumanimizda turli tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Yurtimizda bo’lib o’tayotgan “Mahallada duv-duv” gap rukni ostidagi tadbirlarda ham ushbu mavzuga alohida e'tiibor qaratilgan.

Bugun tumanimizning Lenbur mahalla fuqarolar yig’inida “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari doirasida “Askar onalarini sharaflaymiz” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tuman mudofaa ishlari bo’limi va tumandagi harbiy qismning vakillari mahalladagi Xayriddin Xolboyev xonadonida bo’lib, nomi tillarda barhayot bo’lgan yurtdoshimizning ota-onasi bilan uchrashdilar.

Mehmonlar Xayriddin Xolboyevning ota-onasiga esdalik sovg’alari va bir murtalik pul mablag’ini topshirdilar. Xayriddin Xolboyevning yorqin xotirasi uning sharafiga tashkil etilgan uy-muzeyida uning byusti va Xotira burchagida yana bir karra yodga olindi.

Tadbir oxirida Xayriddin Xolboyevning xotirasiga duo qilindi. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi So’x tuman bo’linmasi rahbari Gulshanjon Ibragimovning so’zlariga ko’ra, bunday vatanparvarlik tadbirlari tumanda muntazam o’tkaziladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram