SUD QARORLARINING QONUNIYLIGI VA ASOSLILIGINI TEKSHIRISH TARTIBI TAKOMILLASHTIRILISHI MUNOSABATI BILAN O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY PROTSESSUAL KODEKSIGA O’ZGARTIRISH VA QO’SHIMCHALARNING MAZMUN VA MOHIYATI
2024-01-12 14:48:14 282
Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalarning mazmun va mohiyati
Mamlakatimizda so’ngi yillarda «Yangi O’zbekiston — yangi sud» printsipi doirasida aholini odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish uchun insonning qadr-qimmati ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu islohotlarning davomi sifatida, O’zekiston Respublikasining 2023 yil 25 dekabrda O’RQ-888-sonli “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi.
Ushbu qonunga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga bir qator o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
Xususan, 2024 yil 1 yanvardan boshlab iqtisodiy sudlarda iqtisodiy ishni birinchi instansiya sifatida iqtisodiy ishni ko’rgan tumanlararo, tuman, shahar sudlariga yangidan ko’rish uchun yuborish tartibi bekor qilindi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi
36-bob bilan to’ldirildi.
Mazkur to’ldirilgan O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 36-bobida, sud hujjatlarini taftish tartibida qayta ko’rish bo’yicha ish yuritish tartibi belgilangan bo’lib, unda taftish tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi ega bo’lgan shaxslar ro’yhati, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko’radigan sudlar ro’yxati, taftish tartibida shikoyat (protest) berish tartibi, taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddat, taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuni, taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) ko’chirma nusxasini yuborish tartibi, taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ilova qilinadigan hujjatlar ro’yhati, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish yoki uni qabul qilishni rad etish yoxud taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish bilan bog’liq kabi masalalar belgilangan.
Endilikda, iqtisodiy sudlar tomonidan ishni birinchi instantsiya tartibida ko’rib chiqilgan sud hujjatlari(hal qiluv qarori, ajrim va qaror) yakunlaridan norozi bo’lgan taqdirda ushbu sud hujjati qabul qilgan sud orqali sud hujjati qabul qilingan kundan e'tiboran bir oylik muddat ichida (ayrim hollarda o’n kunlik muddat ichida) berilgan apellyatsiya shikoyatlari (protestlari) tegishli tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining, Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay'ati tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay'ati tomonidan, birinchi instantsiya tartibida ko’rib chiqilgan sud hujjatlari(hal qiluv qarori, ajrim va qaror) yakunlaridan norozi bo’lgan taqdirda ushbu sud hujjati qabul qilgan sud orqali sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran olti oylik muddat ichida berilgan kassatsiya shikoyatlari (protestlari) tegishli tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining, Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda, Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay'ati tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay'ati tomonidan ko’riladi.
O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga kiritilgan o’zgartirishga binoan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko’rilgan ishlar bo’yicha tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan Qoraqalpog’iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to’g’risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil, bundan tadbirkorlik sub'ektlari o’rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan nizolar mustasno shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o’rinbosarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularning o’rinbosarlari prokuror ishtirokida ko’rilgan ish bo’yicha, shuningdek boshqa ishlar bo’yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to’g’risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslarning murojaati mavjud bo’lgan taqdirda taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan taftish tartibida ko’rilgan ishlar bo’yicha sud hujjatlari, ushbu sudlarning taftish instantsiyasining sud hujjatlari va ushbu sudlar tomonidan birinchi instantsiya bo’yicha qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko’rilgan sud hujjatlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instantsiya bo’yicha qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko’rilgan sud hujjatlari ustidan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay'atiga ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to’g’risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil, bundan tadbirkorlik sub'ektlari o’rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan nizolar mustasno, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o’rinbosarlari prokuror ishtirokida ko’rilgan ish bo’yicha, shuningdek boshqa ishlar bo’yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to’g’risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslarning murojaati mavjud bo’lgan taqdirda taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi iqtisodiy ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to’g’risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslarning hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakilining murojaatiga asosan shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori prokurorning ishtirokida ko’rilgan ish bo’yicha, shuningdek boshqa ishlar bo’yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to’g’risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslarning murojaati mavjud bo’lgan taqdirda O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay'ati tomonidan taftish tartibida ko’rilgan ishlar bo’yicha sud hujjatlari, shuningdek taftish tartibida qabul qilingan sud hujjatlari ustidan quyidagi shaxslar O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga taftish tartibida protest keltirishi mumkin.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) u apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko’rilgan ishlar bo’yicha tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan berilganda, Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay'ati tomonidan, Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan taftish tartibida ko’rilgan ishlar bo’yicha sud hujjatlari, ushbu sudlarning taftish instantsiyasining sud hujjatlari va ushbu sudlar tomonidan birinchi instantsiya bo’yicha qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko’rilgan sud hujjatlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instantsiya bo’yicha qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko’rilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay'ati tomonidan ko’riladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay'atida taftish tartibida ko’rilgan ishlar bo’yicha sud hujjatlari, shuningdek taftish tartibida qabul qilingan sud hujjatlari ustidan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, O’zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan protest keltirilganda, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan ko’riladi.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishni taftish tartibida ko’radigan Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari nomiga yo’llanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud taftish tartibidagi shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e'tiboran besh kunlik muddatda uni ishni taftish tartibida ko’radigan Qoraqalpog’iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga ish bilan birga yuborishi shart.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan taftish tartibida ko’rilgan ishlar bo’yicha sud hujjatlari, ushbu sudlarning taftish instantsiyasining sud hujjatlari va ushbu sudlar tomonidan birinchi instantsiya bo’yicha qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko’rilgan sud hujjatlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instantsiya bo’yicha qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko’rilgan sud hujjatlari ustidan va O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay'ati tomonidan taftish tartibida ko’rilgan ishlar bo’yicha sud hujjatlari, shuningdek taftish tartibida qabul qilingan sud hujjatlari ustidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) bevosita O’zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran bir yil ichida beriladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga taftish tartibidagi shikoyat (protest) berish muddati kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar o’tgan bo’lsa, taftish tartibdagi shikoyat (protest) kassatsiya instantsiyasi sudi qaror qabul qilgan kundan e'tiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay'atiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan ishni taftish tartibida ko’rish natijalari bo’yicha qaror qabul qilinguniga qadar o’tgan bo’lsa, taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu sudlar tomonidan ishni ko’rish natijalari bo’yicha qaror qabul qilingan kundan e'tiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining protesti ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to’g’risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslarning hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakilining murojaati kelib tushgan kundan e'tiboran uch oy ichida, lekin O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay'ati tomonidan ishni taftish tartibida ko’rish natijalari bo’yicha qaror qabul qilingan kundan e'tiboran olti oydan ortiq bo’lmagan muddatda kiritilishi mumkin.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning o’tkazib yuborilgan muddati taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo’yicha sud tomonidan, agar iltimosnoma shikoyatni (protestni) berish muddati o’tgan kundan e'tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va taftish tartibida shikoyatni (protestni) berish muddati o’tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo’lsa, tiklanishi mumkin.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning o’tkazib yuborilgan muddati taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo’yicha sud tomonidan, agar iltimosnoma shikoyatni (protestni) berish muddati o’tgan kundan e'tiboran uch oydan keyin berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ko’rib chiqilmaydi.
Qayd etish lozimki, O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga kiritilgan mazkur o’zgartirish va qo’shimchalar sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish mexanizmini yanada takomillashtirish hamda sud qarorlarini qayta ko’rishning yangi tartibini joriy etish orqali odil sudlov sifatini hamda fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirishga, fuqarolarning buzilgan huquqlari va erkinliklari, shuningdek qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta'minlashga xizmat qiladi.
U.X.Ergashev - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram