Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MAHALLADA DUV-DUV GAP” NOMLI MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRLAR HARBIY QISMLARDA HAM O’TKAZILYAPTI

×

 2024-01-12 09:15:02    316

PDF yuklash
Chop etish


“Mahallada duv-duv gap” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar harbiy qismlarda ham o’tkazilyapti

Respublikamiz bo’ylab o’tkazilayotgan “Mahallada duv-duv gap” mavzusidagi ma'nafiy-ma'rifiy tadbirlar So’x tumanida ham katta ko’tarinkilik va xalqimizning fa'ol ishtirokida bo’lib o’tmoqda. 4-sektor hududida tashkil etilgan tadbirlarda Vatan himoyachilari ham ishtirok etishmoqda.      

4-sektor hududida joylashgan harbiy qismlarning birida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi So’x tumani bo’linmasi tashabbusi bilan “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” hamda “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni” shiorlari ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir uyushtirildi. Tadbirga Zangat va Guliston mahalla fuqarolar yig’inlari fuqarolari hamda nuroniylari jalb qilindi.

Tadbirda so’z olganlar oxirgi yillarda Vatanimizning harbiy salohiyati va muhofaza iqtidori berilayotgan e'tibor tufayli mustahkamlanayotgani va bu yo’nalishda armiya va xalq birdamligining alohida o’rni borligi ta'kidlandi. Madaniyat markazi xonandalarining chiqishlari tadbirga o’zgacha mazmun va shuko’h bag’ishladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram