Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAYYOR QABULDAN SO’NG MUROJAATLAR MANZILLI O’RGANILDI VA JAVPAYADAGI HOLAT KO’ZDAN KECHIRILDI

×

 2024-01-11 15:09:50    399

PDF yuklash
Chop etish


Sayyor qabuldan so’ng murojaatlar manzilli o’rganildi va Javpayadagi holat ko’zdan kechirildi

Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev hamda tuman hokimi o’rinbosarlari ishtirokida aholini o’ylantirayotgan muammolari yuzasidan sayyor qabuli o’tkazildi.     

 

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ichki yo’llarnining holati, elektr va gaz ta'minotini yaxshilash, ichimlik suvi, ishga joylashtirish, sog’liklarini tiklash uchun moddiy yordam ajratilishi hamda kadastr va yer munosabatlari bilan bog’liq murojaatlar eshitildi.


Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro’yxatga olinib, yechimi topilgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.


Sayyor qabuldan so’ng bevosita qilingan murojaatlar manzilli o’rganildi. Shuningdek, kun davomida Javpaya massivida bo’lgan tuman hokimi birinchi o’rinbosari Javpayadagi issiqxonalar egalari bilan suhbatlashdi va tadbirkorlarga biriktirilgan isiqxonalarni yangi mavsumga tayyorlash yuzasidan kerakli tavsiya va takliflar berildi. Ayni kunda tadbirkorlar tomonidan bu bo’yicha amaliy ishlar qilinyapti.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram