Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BYURONING SO’X TUMAN BO’LIMI TOMONIDAN 2023 YILDA DAVLAT FOYDASIGA 3 MLRD. 593 MLN SOLIQ TO’LOVLARI AMALDA UNDIRILDI

×

 2024-01-11 15:07:08    309

PDF yuklash
Chop etish


Byuroning So’x tuman bo’limi tomonidan 2023 yilda Davlat foydasiga 3 mlrd. 593 mln soliq to’lovlari amalda undirildi


O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarining 90%dan ortiq qismi aynan soliqlar hisobidan shakllanishi barchamizga ma'lum.

 

Insonning tirikligini ta'minlaydigan uning vujudidagi qon bo’lgani kabi soliqlar ham iqtisodiyotning qon tomiridir. 


Soliqlar va majburiy to’lovlarning o’z muddatida tushishi davlat miqyosida amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlarning, ya'ni byudjet va maqsadli jamg’armalarning harajat qismini o’z vaqtida moliyalashtirishga xizmat qiladi.

 

Bu borada Byuroning So’x tuman bo’limi tomonidan soliq organlari bilan samarali hamkorlik yo’lga qo’yilgan bo’lib, qarzdor tashkilotlarning bankdagi hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalari qo’yilishi, hisob raqamlarga band solinishi hamda MIB-Portal dasturida yaratilgan so’rovnoma tizimi orqali qarzdorlarga tegishli bo’lgan barcha turdagi mol mulklari zudlik bilan aniqlanib, ta'qiq solinishi hamda qonunda belgilangan tartibda xatlanishi va onlayn auktsion savdolarida sotilishi natijasida 2023 yilda 415 ta 4.4 mlrd. so’mlik ijro hujjatlari tamomlangan bo’lsa, shundan 368 ta 3.6 mlrd. so’mlik ijro hujjatlarining ijrosi amalda undirilishi ta'minlandi.


Byuro xodimlari tomonidan ushbu yo’nalishdagi ishlar 2024 yilning dastlabki oyidan boshlab jadallik bilan davom ettirilmoqda.


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 63-moddasiga muvofiq, «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig’imlarni to’lashi shart. Ammo afsusga ko’ra oramizda o’z Konstitutsiyaviy burchini bajarishni unutayotgan fuqarolarimiz hamda tadbirkorlik subektlarining mansabdor shaxslari ham yo’q emas.


M.X.Nurmatov - Byuroning So’x tuman bo’limi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram