Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO’RIKDAN O’TKAZILMOQDA

×

 2024-01-10 15:43:08    371

PDF yuklash
Chop etish


Davlat fuqarolik xizmatchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazilmoqda

Farg’ona viloyati hokimligining 2024 yanvardagi 02/01-49-sonli yig’ilish bayoniga asosan yanvar oyi viloyatimizda “Sog’lomlashtirish oyligi” deb e'lon qilingan. Mazkur oylik doirasida davlat xizmatchilarini tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi belgilab olingan.

Tuman cog’liqni saqlash bo’limi bilan hamkorlikda tumandagi barcha bo’lim va tashkilotlar hamda tuman hokimligida faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilarini bugundan tibbiy ko’rikdan o’tkazish tadbirlari boshlandi. Bugun tuman markaziy poliklinikasida So’x tumani hokimligi apparat xodimlarini tibbiy ko’rikdan o’tkazish jarayoni bo’lib o’tdi.  

 

Oylik davomida davlat xizmatchilarini 10 dan ortiq birlamchi turdagi tibbiy ko’rikdan o’tkazish rejalashtirilgan bo’lib, kasallik aniqlangan xodimlarga davolanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beriladi. 


Tumanimizda tashkil etilayotgan tibbiy ko’rik jarayonlari davomida tumanda faoliyat olib borayotgan barcha davlat xizmatchilarini ko’rikdan o’tkazish rejalashtirilgan.


Eslatib o’tamiz, “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida” gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko’rsatish kafolatlangan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram