Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLINI RO’YXATGA OLISH: UNING MOHIYATI NIMADA

×

 2024-01-10 11:24:29    329

PDF yuklash
Chop etish


Aholini ro’yxatga olish: uning mohiyati nimada

Tasavvur qiling, qo’lingizda O’zbekiston xaritasi va unga qarab hududlarga doir birlamchi ma'lumotlarni aytish mumkin. Masalan, Qoraqalpog’istonda qancha aholi yashaydi, Xorazmda bandlik masalasi qay ahvolda, Surxondaryoda nechta ta'lim muassasasi bor, Farg’ona vodiysida aholi zichligi qanday va shunga o’xshash boshqa muhim ma'lumotlar. Biroq bunday yuzaki va taxminiy ko’rsatkichlar bilan bugungi jadal rivojlanish va islohotlar davrida uzoqni ko’zlab nimanidir reja qilish qiyin, albatta.

Aksincha, qo’limizda har bir hududga doir aniq faktlar bo’lsa, rejalarimiz ham, amallarimiz ham manzilli va puxta bo’ladi. Aynan shuning uchun bizga butun respublikani qamrab oladigan ishonchli ma'lumotlar kerak va ular tadrijiy ravishda yangilanib borilishi shart. Bunday aniq va yaxlit ma'lumotlar esa aholini ro’yxatga olish asosida olinadi. Shunga qarab o’tmish va bugun haqida fikr-mulohaza yuritish hamda kelajakni farazlash mumkin. Shuningdek, bu aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, oilaviy holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma'lumot olishning yagona manbai hamdir.

Ma'lumki, BMTning 2015 yil 10 iyundagi “2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro’yxatga olish borasidagi printsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasi qabul qilingan va unga asosan, BMTga a'zo davlatlar kamida bir marta aholi va uy-joy fondini ro’yxatga olishni o’tkazishi belgilab qo’yilgan. Ayni paytda MDH mamlakatlarida bu jarayonga tayyorgarlik boshlangan.

          So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram