SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2024-01-09 15:39:24 375
Savol bering, javob beramiz
Savol: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy Agentligining asosiy faoliyat yo’nalishlari haqida ma'lumot bersangiz
Javob: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi PF-82-son Farmoniga asosan tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligining asosiy faoliyat yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
I. Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosati va chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo’nalishida;
II. Nogironligi bo’lgan shaxslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yo’nalishida;
III. Voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish yo’nalishida;
IV. Ayollarni himoya qilish tizimini takomillashtirish yo’nalishida;
V. Og’ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash yo’nalishida;
VI. Yoshlar bilan ishlash yo’nalishida;
VII. Yakka yolg’iz va keksalar bilan ishlash yo’nalishida;
VIII. Ijtimoiy ta'minot dasturlari yo’nalishida yagona davlat siyosatini yuritishdan iborat.
O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i, birinchi darajali yurist
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram