Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA “MAHALLADA DUV-DUV GAP” TADBIRLARI KATTA RUHIYAT VA KO’TARINKILIKDA O’TKAZILMOQDA

×

 2024-01-06 16:08:28    448

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari katta ruhiyat va ko’tarinkilikda o’tkazilmoqda

Bugun So’x tumani madaniyat markazida “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” mavzusidagi madaniy-ma'rifiy va madaniy-musiqiy tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda Farg’ona viloyati hokimi o’rinbosari Fayzullo Qosimov, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg’ona viloyati boshqarmasi boshlig’i Masudjon Sulaymonov, viloyatimiz tumanlarining yoshlar masalalari bo’yicha hokim o’rinbosarlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida so’z olgan viloyat hokimi o’rinbosari Fayzullo Qosimov viloyatimiz miqyosida mazkur tadbir xalqimizning ko’tarinki kayfiyatida bo’lib o’tayotgani, oxirgi yillarda So’x tumanida ham keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash, obodonlashtirish ishlari va yangilanishlar bo’lganligi va buning barchasi davlatimiz rahbari va Respublikamiz hukumati e'tibori asosida amalga oshirilayotganini ta'kidlab, bo’layotgan o’zgarishlarni xalqimizga mana  shunday tadbirlar orqali yetkazilishi kun talabi ekanligini qayd etdi.

Oxirigi yillarda qo’lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar va xalqimizning ongu shuurida ham ijobiy o’zgarishlar bo’layotganini ta'kidlagan Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg’ona viloyati boshqarmasi boshlig’i Masudjon Sulaymonov So’x va so’xliklar haqida samimiy so’zlarni tilga oldi.

Tadbirda yangragan ko’y-qo’shiqlar va tashkil etilgan mushoiralarda Vatan madh etildi, O’zbekistonning o’ziga xosligi va notakrorligi tarannum etildi.

Tadbir doirasida So’x tumanida viloyatdan kelgan vakillar ishtirokida tuman maktabgacha ta'lim muassasalari va maktablarda uchrashuvlar tashkil etildi hamda tuman hokimlari o’rinbosarlari ishtirokida hududlarda yoshlar yetakchilari faoliyati o’rganilib, aholi bilan davra suhbatlar tashkil etildi. Hududlarda istiqomat qiladigan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi va tuman markaziy poliklinikasida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazish tadbirlari ham o’tkazildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati

















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram