Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 166 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA 2023 YILDA 4 BOSQICH – “AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA KO’RSATILGAN YORDAMLAR

×

 2024-01-06 10:14:23    467

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida 2023 yilda 4 bosqich – “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko’rsatilgan yordamlar

                                                     

 So’x tumanida “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni ijtimoiy-huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo’llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftari”ni shakllantirish bo’yicha 2023 yil yanvar-fevral oylarida 14 230 ta xonadonda 18 214 nafar 30 yoshdan yuqori xotin-qizlardan 18 154 nafari bilan so’rovnoma anketasi to’ldirildi. Ijtimoiy himoyaga mo’htoj 1 972 nafar xotin qizlar bilan indivudial dasturlar tayyorlanib “Ayollar daftari”ga kiritish bo’yicha ro’yxatlari shakallantirilib, ”Yul xarita”si ishlab chiqildi.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2023 yil 1 dekabr holatiga 1 972 nafar “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlarga yordamlar ko’rsatildi.

“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarga ko’rsatilgan yordamlarni sohalar kesimida tahlil qilinganida:

1 toifaga 1 ming 414 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz bo’lgan xotin-qizlardan 1 414 nafar ayollarni bandligini ta'minlash va kasbga o’qitish bo’yicha yordamlar ko’rsatildi.

Jumladan:

- doimiy ishga joylashtirilganlar 144 nafar, ipak kurti boqisha 726 nafar, o’zini-o’zi band qilinganlar 284 nafar, kasb hunarga uqitilganlar 204 nafar, haq tulanadigan jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligini taminlanganlar 56 nafar.

- 94 nafar tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan ehtiyojmanda xotin-qizlardan 94 nafariga 1 miliard 216 million 5 yuz ming so’m kredit mablag’lari ajratilib tadbirkorlik faoliyatlarini boshladilar.

- 148 nafar boquvchisi bo’lmagan, ehtiyojmand xotin-qizlardan 148 nafariga bir martalik moddiy yordam 182 milion 400 ming so’m berildi  va qo’shimcha yordamlar (homiylar tomonidan Navro’z bayrami, ramazon oyi, hayit va mustaqillik bayrami munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari berildi) ko’rsatildi.

- 179 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj hamda 1 va 2 guruh nogironligi bo’lgan xotin-qizlardan 179 nafariga 203 million 300 ming so’m bir martalik moddiy yordam berildi.

- 137 nafar qaramog’ida nogironligi bo’lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlardan 137 nafariga 164 million 500 ming so’m ayollar jamg’armasi tomonidan bir martalik moddiy yordam ajratildi va qushimcha yordamlar (homiylar tomonidan Navro’z bayrami, ramazon oyi, hayit va mustaqillik bayrami munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari berildi) ko’rsatildi.

2023 yil un oyi davomida  “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1 ming 972 nafar ayollardan 1 ming 972 nafariga yordam ko’rsatildi. Reja 100 %ga bajarildi.

             “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko’rsatilgan yordamlarni xaqqoniyligini o’rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar bo’yicha har bir sektor rahbarlariga ma'lumot kiritilib, kamchiliklar bartaraf qilindi.

                     Qo’shimcha yordamlar

  - 179 nafar xotin-qizlarni tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy kurikdan o’tkazildi;

  - 64 nafar xotin-qizlarni tuman prokuratura, tuman IIB va Adliya bo’limi tomonidan huquqiy maslaxatlar berildi;

  - 161 nafar xotin-qizlarga tuman Ayollar maslahat kengashi va umumta'lim maktablarining psixologlari tomonidan ko’rsatilgan psixologik yordamlar berildi.

               So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram