Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUD HUJJATLARI ASOSIDA IJRO HUJJATLARINI ELEKTRON SHAKLDA BERISH JORIY ETILADI

×

 2024-01-05 15:35:20    291

PDF yuklash
Chop etish


Sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish joriy etiladi


“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Prezident Farmoni (PF-1-son, 03.01.2024 y.) qabul qilindi.


Farmonga ko’ra, 2024 yil 1 maydan:


• sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi;

• fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin bo’lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanadi;

• ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi pochta xarajatlari bo’yicha qarzdorlikni undirishga ham tatbiq etiladi.


2024 yil 1 dekabrdan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so’zsiz ijrosini ta'minlovchi “Majburiyatlar reestri” instituti joriy etiladi.


2024 yil 1 apreldan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha bo’lgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.


2024 yil 1 martgacha ijro hujjatlari bo’yicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tartibi ishlab chiqiladi.


Markaziy apparatning Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi tarkibida Monitoring markazi tashkil etiladi. Markaziy apparatda Aktivlarning hisobini yuritish va boshqarish bo’limi, Byuroning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida Aktivlarning hisobini yuritish va boshqarish sho’basi tashkil etiladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram