Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

E'TIBOR

×

 2024-01-04 15:46:59    359

PDF yuklash
Chop etish


E'tibor

Jazo muddatini o’tab qaytgan fuqarolarga moddiy va ma'naviy ko’mak ko’rsatish, ularni sog’lom hayot kechirishlari uchun ko’maklashish yuzasidan tumanimizda ham arzirdi ishlar amalga oshirilmoqda.

 

So’x tumani hokimligi ijtimoiy ko’nikma komissiyasi kotibi Nishonali Ibrohimovning malumotiga ko’ra, Qal'acha mahallasida yashovchi fuqaro Umedjon Vohidov jazo muddatini o’tab qaytganligi sababli tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy kunikma markaziga 2023 yil 28 noyabr kuni moddiy yordam surab murojaat etgan.


Murojaat yuzasidan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman hokimining 1 o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev ishtirokida jazo muddatini utab qaytgan fuqroning sharoiti har tomonlama o’rganish maqsadida tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma komissiya a'zolari hamda tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida o’rganlib, fuqaro bilan so’hbat utkazildi.


Tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markaziy komissiyasi tomonidan eng kam oylik ish haqining 4.5 barobari ya'ni 1 485 000 so’m miqdorda moddiy yordam puli hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.


Tuman bandlikka ko’maklashish markazi hamkorligida Vohidov Umedjon Mamajonovichni bandligini ta'minlash maqsadida 21-son maktabgacha ta'lim tashkilotiga 1 shtat birligi mavsumiy o’t yoquvchi lavozimiga muayyan muddatga, ya'ni, 2023-yil 13-noyabrdan 2024-yil kuz-qish mavsumi tugagunga qadar №84-11-159-DMM/2023 sonli bo’yrug’i bilan ishga joylashtirildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram