Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 99 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAYRAM SOVG’ALARI TAQDIM ETILDI

×

 2023-12-30 17:11:17    704

PDF yuklash
Chop etish




Bayram sovg’alari taqdim etildi

Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev 1-sektorning Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, hududda istiqomat qiladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olib, ularni bayram sovg’alari bilan tabrikladi. Sektor binosida bir nafar ehtiyojmand ayolga tikuv mashinkasi taqdim etildi, 


Mazkur sovg’a Respublika adliya vazirligi tomonidan yuborilgan. Tuman DXM rahbari Muxtorjon Sayidahmedovning so’zlariga ko’ra, mazkur yo’nalishdagi xayrli amallar muntazam davom ettiriladi.


Bayram arafasida shikasta qalblarga shodlik va quvonch ulashish eng katta sovg’a sanaladi. Tuman hokimi ishtirokida mazkur mahallada yashovchi bolalikdan nogiron bo’lgan bir nafar vatandoshimizga nogirolik aravachasi taqdim etildi.


Mazkur sovg’a ham Respublika adliya vazirligi tomonidan taqdim etildi. Bolajonning shodligi va quvonchi uning minnatdorchilik so’zlari sifatida qabul qilindi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram