Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 191 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UCH NAFAR SO’XLIK YOSHLAR YETAKCHILARI TAQDIRLANDI

×

 2023-12-30 17:05:37    645

PDF yuklash
Chop etish


Uch nafar so’xlik yoshlar yetakchilari taqdirlandi


Farg’ona viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Muhammadamin G’aniyev mehnatkash yoshlar yetakchilarimizni mashaqqatli ishlariga omad tilab, 2023-yil davomida yuqori natijalarga erishgan hamda o’z ish faoliyatini samarali tashkil qilgan farg’onalik bir guruh faol yoshlar yetakchilariga "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish" bo’yicha Respublika komissiyasi raisi Q. Quranbayevning tashakkurnoma hamda maxsus ta'sis etilgan statuyetkalari tantanali tarzda topshirdi.


E'tirof etilganlar orasida uch nafar so’xlik yoshlar yetakchilari Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Parviz Azizov, Hushyor mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Shohidjon Sadiyev va Demursad mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Farrux Erkayevlarning borligi quvonarli.


So’x tumani hokimligi taqdirlangan yoshlar yetakchilarini tabriklab kelgusidagi ishlarida zafarlar tilaydi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram