Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 111 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSH CHEMPION TUMAN HOKIMI VA MUTASADDILAR TOMONIDAN TANTANALI KUTIB OLINDI

×

 2023-12-28 15:26:23    411

PDF yuklash
Chop etish


Yosh chempion tuman hokimi va mutasaddilar tomonidan tantanali kutib olindi

Sport tobora jadal rivojlanib borayotgan mamalkatimizda sohaning yetakchi ustalari ham yetishib chiqmoqda. Vatanimiz sportchilarining ayniqsa boks bo’yicha qo’lga kiritayotgan muvaffaqiyatlari e'tirofga loyiq.

Toshkent shahri mizbonlik qilgan navbatdagi boks turnirida bizning So’xlik yosh sportchi Habibulloo’ Saynazarov ham ishtirook etdi. Mazkur musobaqalar - o’smirlar o’rtasida O’zbekiston kubogi, joriy yilning 20–27 dekabr kunlari Toshkent shahrida o’tkazildi.

42 kilogramm vazn toifasida finalga yo’l olgan So’xlik yosh bokschi mazkur muosbaqalar g’olibligini qo’lga kiritdi. Bugun yosh chempionni kutib olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bu muvaffaqiyat bilan Habibulloo’ni tabrikladi.

Tuman madaniyat markazi binosi oldida tantanali marosim bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda mana shunday yosh sportchilar va ularning tajribali va yetakchi murabbiylari va trenerlari tufayli So’x tumani olamga doston bo’layotgani ta'kildlanib, ushbu g’alabada hissasi bor barcha insonlarga minnatdorchilik bildirildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram