MEN BAXTLI AYOLLARDAN BIRIMAN!
2023-12-27 15:41:48 381
Men baxtli ayollardan biriman!
Prezidentimizning tashabbuslari bilan bugungi kunda xotin-qizlar tizimiga juda katta e'tibor berilmoqda. “Oila va xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi Prezident Farmoni ham aynan ushbu islohotlarning samaradorligini oshirishga qaratilgandir. Bir so’z bilan aytganda, ushbu Farmon bizga, xotin-qizlar tizimi xodimlari uchun yana yangi imkoniyatlar eshigini ochdi desak, mubolag’a bo’lmaydi.
Yurtimizda olib borilayotgan o’zgarishlar, ayniqsa xotin-qizlarimizga ko’rsatilayotgan e'tibor, xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rni, ijtimoiy ma'naviy jarayonlardagi ishtiroki, xotin-qizlarni konstitutsiyaviy maqomi, ta'lim jarayonida ular rolining ijtimoiy mohiyati, xotin-qizlarning ta'lim olishiga e'tibor davlat dasturiga aylanishi buning isboti sifatida amalga oshmokda.
Bizga berilgan bunday e'tibordan foydalanib biz o’z oldimizga aniq maqsad quyib Yurtboshimiz ishonchini oklaymiz. Bu yanada o’zimizga bo’lgan ishonch va yurtimiz oldidagi mas'uliyatimizning bir nishonasidir. Men hurmatli Yurtboshimiz Sh. Mirziyoyevga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.
Turg’unaliyeva Sayramxon Abosjonovna - Farg’ona viloyati, So’x tumani, Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram