Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KORRUPTSIYA - JAMIYAT ILLATI

×

 2023-12-26 16:19:09    290

PDF yuklash
Chop etish


Korruptsiya - jamiyat illati

 

Mamlakatimizda jamiyat rivojiga salbiy ta'sir etayotgan, adolat va qonuniylikka raxna solayotgan “korruptsiya” atalmish illatga qarshi jiddiy kurash olib borilmoqda.

Korruptsiya – bu mansabdor shaxsning o’z mansabi bo’yicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiiste'mol qilishdan iborat qilmishdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, odamlar xavfsizligiga tahdid soladi.

Mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq etilmoqda.

Jumladan, 2017 yil 3 yanvarda O’zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni qabul qilingan.

Bundan tashqari, qonun bilan Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 14 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korruptsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo’mitasini tashkil etish to’g’risida”gi qarori bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Korruptsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo’mitasi” tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5729-sonli Farmoni korruptsiyaga qarshi kurash borasidagi faoliyatni tizimli ravishda davom ettirishda samarali vosita bo’lib xizmat qildi. Mazkur Farmon bilan mamlakatimizda “2019-2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi” tasdiqlandi.

Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6013-sonli Farmoni imzolandi.

Farmonga muvofiq korruptsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korruptsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi tashkil etildi.

Sudlar faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va tezkorligini ta'minlash, sudlov ishlarini yurgizish sifati va aholining odil sudlovdan xabardorlik darajasini oshirish, sud xodimlari tomonidan sansalorlik, byurokratizm va suiiste'molchilik faktlariga barham berish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil

30 avgustdagi “Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3250-sonli qarori imzolandi.

Qaror sud tizimida axborot kommunikatsiya vositalarini keng joriy etishdagi eng katta qadamlardan biri bo’ldi. Qaror bilan sudlarga zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilib, ishlarni sudyalar o’rtasida taqsimlash, sud hujjatlarini ijro etish uchun yuborish, sudga murojaat qilinganda davlat boji va yig’imlari summasini hisoblash kabi jarayonlarda inson omilini istisno etuvchi dasturiy ta'minot tizimlarini joriy nazarda tutildi.

 

Sh.Abdullayev - Fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudi raisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram