Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 185 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KONSTITUTSIYANI O’RGANAMIZ

×

 2023-12-20 16:30:21    501

PDF yuklash
Chop etish


Konstitutsiyani o’rganamiz

Konstitutsiyamizning 27-moddasi: “Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.

Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.

Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko’ra yo’l qo’yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.

Shaxsni ushlash chog’ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart”.

Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik har bir shaxsning fundamental huquqlaridan hisoblanadi. Shunga ko’ra, shaxs erkinligini cheklaydigan har bir harakat faqat qonun doirasida bo’lishi lozim.

Inson huquqlarini sud orqali himoya qilish bo’yicha muhim institutlardan biri “Xabeas korpus akt” xalqaro darajada umume'tirof etilgan hujjat sifatida shaxs erkinligini ta'minlash yo’lida o’ziga xos yangi davrga asos solgan. Shaxs erkinligini ta'minlashni kuchaytirish maqsadida hibsga olish bilan bog’liq jarayonlar sud qarori asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Shaxsni ushlab turish chog’ida unga huquqlari va ushlab turish asoslarining tushuntirilishi – “Miranda qoidasi” – xalqaro huquqda umume'tirof etilgan norma bo’lib, surishtiruv, tergov va sud jarayonlarida qonun buzilishiga yo’l qo’ymaslikni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.

Mazkur qoidaga ko’ra, shaxsning huquqlari u yaxshi tushunadigan tilda tushuntirilishi va bu til aynan uning ona tili bo’lishi shart bo’lmay, shaxs odatda muloqot qiladigan va yaxshi tushunadigan til bo’lishi talab etiladi.

                So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram