Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 173 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-12-20 16:24:28    457

PDF yuklash
Chop etish


BILASIZMI?


NOSTRIFIKATsIYa HAQIDA 10 TA MUHIM MA'LUMOT


Nostrifikatsiya bu xorijiy davlatda berilgan ta'lim to’g’risidagi hujjatning ekvivalentligini qayd etish tartiboti. 


Qonunchilikka ko’ra xorijiy davlatda oliy ta'lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olish Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 


Hujjatlarni tan olish va nostrifikasiya qilish to’g’risidagi arizalar faqatgina davlat xizmatlari markazlari yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. 


Bunda:  


- o’rta maxsus va kasb-hunar (professional) ta'limi bo’yicha — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari; 


- oliy ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'limi bo’yicha — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida yig’im undiriladi. 


“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro’yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo’lgan belgilangan yig’imning 50 foiz miqdorida chegirma qo’llaniladi. 


YaIDXP orqali murojaat qilinganda yig’im davlat xizmatini ko’rsatganlik uchun belgilangan yig’imning 90 foizi miqdorida undiriladi. 


Hujjatlar ekspert komissiyasi tomonidan ko’rib chiqilib, ijobiy yoki salbiy xulosa beriladi. 


Ijobiy xulosa berilgan talabgor ta'lim olgan ta'lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha test sinovi topshiradi. 


Test natijalari bo’yicha minimal ball (55 ball va undan yuqori) olgan talabgorning ta'lim to’g’risidagi hujjatlari tan olinadi (nostrifikasiya qilinadi). 


2022-yil 1-yanvardan keyin olingan xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to’g’risidagi hujjatlar tan olish uchun topshirilganda, hujjatni bergan davlatning vakolatli organi tomonidan apostil qo’yilgan bo’lishi talab etiladi. 


Xorijiy davlatlarda umumiy o’rta, o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va malaka oshirish ta'limi olgan talabgorlarning xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to’g’risidagi hujjatlari to’g’ridan-to’g’ri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi.


O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram