Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

CHET TILINI O’RGANISHGA BERILAYOTGAN E'TIBOR O’ZINING SAMARASINI BERMOQDA

×

 2023-12-18 16:14:03    560

PDF yuklash
Chop etish


Chet tilini o’rganishga berilayotgan e'tibor o’zining samarasini bermoqda

Respublikamizda barkamol avlodning ta'lim-tarbiyasiga berilayotgan e'tibor zamirida o’sib kelayotgan avlodlarimizning kelajagi mujassam. Yoshlarni chet tillarini o’zlashtirilishiga qaratilayotgan e'tibor ham ayni ushbu ezgu maqsadni o’zida mujassam etgan.

Bugun 26-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’tgan tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mazkur dargohda chet tillarini o’qitishga berilayotgan alohida e'tibor samarasidan mamnun ekanligini bildirdi. Chunki maktab o’quvchilari xususan, ingliz tilini o’rganishda barchaga namuna bo’lishmoqda.

Bugun mazkur maktabning 11-sinf o’quvchisi Jamshid Abdukarimovga O’zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash Agentligining chet tilini bilish darajasi to’g’risidagi sertifikati taqdim etildi. Ushbu sertifikat yosh talabamizga olyi o’quv yurtiga kirishida katta imtiyoz beradi.

Shuningdek, maktabning ingliz tili o’qituvchilari Habibulloh Meliyev, Komron Mahmudjonov va Hisenxon Abdukarimovlarga ham tuman hokimi tashakkurnomasi va maktab pedagogik jamoasiga televizor sovg’a qilindi. Faol o’quvchi va namuna ko’rsatgan o’qituvchilarga tuman hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari Rasuljon Mirsaidov tomonidan ham “Mahalla” xayriya jamoat fondining sovg’alari taqdim etildi.

Maktab boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan suhbat ta'lim dargohi istitish tizimini o’rganishdan boshlandi. Tuman hokimi turli savollar bilan o’quvchilar bilim darajasini sinovdan o’tkazdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram