Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KONSTITUTSIYANI O’RGANAMIZ

×

 2023-12-07 15:39:07    1285

PDF yuklash
Chop etish


Konstitutsiyani o’rganamiz

Konstitutsiyamizning 28-moddasi:

“Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo’li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga o’zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta'minlanadi.

Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo’lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o’zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

Hech kim o’ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.

Agar shaxsning o’z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo’lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.

Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o’ziga nisbatan insoniy muomalada bo’linishi hamda inson shaxsiga xos bo’lgan sha'ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.

Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo’lishi mumkin emas”.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining huquqiy himoyasini kuchaytirish borasida jinoyat protsessida aybsizlik prezumpsiyasi odil sudlovning muhim prinsipi hisoblanadi.

Shaxsni aybli ekanligiga oid har qanday shubhalar, ayblash uchun yetarli bo’lmagan ma'lumotlar asosida shaxsni javobgarlikka tortish mumkin emas.

Shaxsni aybdorligini isbotlash mutlaqo surishtiruv va tergov organlarining bevosita vazifasidir. Ayni shu bois ham, Konstitutsiyada shaxsni o’zining aybsizligini isbotlashi shart emasligiga oid qoida mustahkamlangan.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bog’liq barcha holatlarni aniqlashi shart. Faqatgina shaxsning o’z aybini bo’yniga olish haqidagi ko’rsatmasi uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo’lmasligi lozim. Bunda shaxsni aybdor deb topish va uni jazoga tortish uchun yetarli dalillar to’plangan bo’lishi kerak.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram