Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 196 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’XLIK TALABA ASOSIY FAN OLIMPIADASI RESPUBLIKA BOSQICHI ISHTIROKCHISI!

×

 2023-12-06 15:44:50    1019

PDF yuklash
Chop etish


So’xlik talaba asosiy fan olimpiadasi Respublika bosqichi ishtirokchisi!

Ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor zamirida o’sib kelayotgan barkamol avlod kelajagiga bo’lgan e'tibor mujassam. Maktablarda tahsil olayotgan o’quvchilar orasida turli ko’rik-tanlovlarni tashkil etish va shuning barobarida ularni munosib rag’batlantirish ularda ilm izlash yo’lidagi ishtiyoqni yanada kuchaytiradi.

Ayni kunlarda Respublikamiz miqyosida maktab o’quvchilari bilimlarini sinovdan o’tkazish maqsadida asosiy fan olimpiadalarining viloyat bosqichi o’tkazilib, ushbu tanlov natijalari eng bilimli va fa'ol talabalarni saralab olishga omil bo’lmoqda. Farg’ona viloyati bosqichida bo’lib o’tgan mazkur bilimlar sinovida So’x tumani o’quvchilari ham qatnashib, sovrinli o’rinlarni olganliklari barchamizni birdek quvontirdi.

Tojik tili va adabiyoti fanidan tumandagi 28-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchilari eng fa'ol deb topilib, bir nafar bilimdon o’quvchimiz Respublika bosqichiga yo’llanma olgani ma'lum bo’ldi. Shodiyona Sobirjonova, Ziyoratxon Qodirjonova va Farishtamoh Hasanjonovalar mazkur bilimlar tanlovida qatnashib, g’oliblikni qo’lga kiritdilar.

11-sinf o’quvchisi Shodiyona Sobirjonova uchinchi marta ushbu sinovda qantashib, g’olib bo’ldi va mazkur qizimiz endilikda Respublika miqyosida tumanimiz va viloyatimiz sharafini himoya qiladi. G’oliblarga esdalik sovg’alar bilan bir qatorda bir martalik pul mukofoti uchun sertifikatlar ham taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram