Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 209 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ICHKI DRAYVER – MAHALLA RIVOJINING ASOSIY OMILI

×

 2023-12-04 15:52:32    317

PDF yuklash
Chop etish


Ichki drayver – mahalla rivojining asosiy omili

Prezidentimizning alohida e'tibori tufayli aholi turmush farovonligini oshirish, kambag’allikni qisqartirish va fuqarolarga munosib mehnat sharoiti yaratib berish yuzasidan hududlarda amaliy ishlar qilinishi uchun yaxlit tizim yaratib berilgan. Mahallalarda fa'oliyati yo’lgan qo’yilgan hokim yordamchilari zimmasiga ushbu yo’nalishda katta mas'uliyat yuklatilgan.

Mahalla fuqarolar yig’inlarida bugungi kungacha hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo’yicha tashkil etilgan ochiq muloqotda bevosita tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etdi va ushbu dolzarb masala atroflicha tahlil etildi. “Ichki drayver – mahalla rivojining asosiy omili” mavzusida tashkil etilgan mazkur tadbirda mahalla mutasaddilari, jamoatchilik faollari va hokim yordamchilari ishtirok etdilar.

Tashkil etilgan mazkur tadbirda har bir hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi, mahallalar rivojlanishiga oid tanlab olingan o’ziga xos drayverlar va ularning natijadorligi tahlil qilindi, namuna ko’rsatgan hokim yordamchilari tajribasi amalda tatbiq etilishi ta'kidlandi va kamchilikka yo’l qo’ygan mutasaddilar ham ushbu tadbirdan xulosa chiqarib, faoliyatini yo’lga qo’yilishi alohida ta'kidlandi. Tadbir davomida yil yakunlari bo’yicha sarhisob qilish ishlari yuzasidan tegishli o’rinbosarlarga ko’rsatmalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram