Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KONSTITUTSIYANI O’RGANAMIZ

×

 2023-12-04 15:50:26    369

PDF yuklash
Chop etish


Konstitutsiyani o’rganamiz

Konstitutsiyamizning 29-moddasi:

“Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko’rsatiladi.

Har bir shaxs jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan e'tiboran o’z tanloviga ko’ra advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari to’g’risida xabardor qilinish, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlik berayotgan shaxslarning so’roq qilinishini talab etish, tarjimon yordamidan foydalanish huquqiga ega.

Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chog’ida foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.

Jinoyat uchun hukm qilingan har kim qonunda belgilangan tartibda hukmning yuqori turuvchi sud tomonidan qayta ko’rib chiqilishi huquqiga, shuningdek afv etish yoki jazoni yengillashtirish to’g’risida iltimos qilish huquqiga ega.

Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni ta'minlaydi, ularga yetkazilgan zararning o’rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi”.

Jinoyat protsessining har qanday bosqichida advokat yordamidan foydalanish deganda, advokat tomonidan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, birinchi instansiya sudida, hukmni ijro etish, apellyatsiya va kassatsiya tartibida ishlarni ko’rib chiqishda jinoiy ta'qibga olingan shaxs hamda jabrlanuvchi, guvoh va boshqa shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilinishi tushuniladi.

Bundan tashqari, mazkur moddada har qanday dalil qonuniy vositalar yordamida olinishi, aks holda, bunday dalillar sudda foydalanilmasligi belgilangan.

Ushbu modda orqali shaxsning sud hukmi ustidan apellyatsiya yoki boshqa tartibda qayta ko’rib chiqish bo’yicha talab qo’yish huquqi kafolatlangan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram