Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQARO NOGIRONLAR KUNI SO’X TUMANIDA KENG NISHONLANDI

×

 2023-12-04 15:46:11    291

PDF yuklash
Chop etish


XALQARO NOGIRONLAR KUNI SO’X TUMANIDA KENG NIShONLANDI


Tumanimizning "Sohil" dam olish maskanida 3 dekabr – "Xalqaro nogironlar kuni”ga bag’ishlab tadbir o’tkazildi. Tadbirda tuman hokimi, hokim o’rinbosarlari, tuman sektorlari rahbarlari, keng jamoatchilik, mahallalardan tashrif buyurgan ijtimoiy ko’makka mo’htoj oilalar a'zolari ishtirok etishdi.


Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va boshqa mutasaddilar so’z olib, bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy ko’makka mo’htoj oilalarga, nogironlarga berilayotgan e'tibor haqida gapirib, qilinayotgan barcha ishlar inson manfaatini ko’zlab amalga oshirilayotganligi bilan ham ahamiyatli ekanligini qayd etib o’tdi.


Tadbir davomida mahallalardan tashrif buyurgan 100 nafarga yaqin jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga tuman hokimligi, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi va homiy tashkilotlarning esdalik va qimmatbaho sovg’alari taqdim etildi.


Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbir san'atkorlarning diltortar navolari va ishtirokchilarning xursandchiligi bilan yanada fayzli o’tdi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram