“MEHR DAFTARI” DAGI 9 NAFAR BOLAJONLARGA MEBEL JIHOZLARI VA NOUTBUKLAR SOVG’A QILINDI
2023-12-02 11:17:56 422
“Mehr daftari” dagi 9 nafar bolajonlarga mebel jihozlari va noutbuklar sovg’a qilindi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2022 yil 17 yanvardagi 26-sonli qaroriga muvofiq “Mehr daftari” tizimiga kiritilgan bolalarga tuman hokimligi tomonidan alohida e'tibor ko’rsatilmoqda. Bunday bolalar muammosi va qiziqishlarini hal etish maqsadida “Yo’l xaritasi” ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu “Yo’l xarita” si doirasida aniq chora-tadbirlar va amaliy ishlar rejasi ham ijroga yo’naltirilgan.
Tuman madaniyat markazida tashkil etilgan tadbirda bunday bolalarga turli rusumdagi mebel jihozlari va noutbuklar sovg’a qilindi. Sovg’alarni tuman hokimi va boshqa mutasaddi rahbarlar bolajonlarga taqdim etdilar.
Albatta, bunday e'tibordan mamnun va masrur bo’lgan bu jajji qizlar va bolalar samimiy so’zlar ila minnatdorchilik bildirdilar. Bunday e'tibor muntazam davom ettirilishi mutasaddilar tomonidan alohida ta'kidlandi.
Sovg’alarni topshirish marosimida ishtirok etgan mahalla fa'ollari ham bunday e'tibor uchun minnatdorchilik so’zlari izhor etishdi. Qizlar va bolalar holidan har doim xabardor bo’lish uchun tuman hokimligi bolalarni himoya qilish sho’'basi va “Milliy gvardiya” tuman bo’limi rahbariyatiga kerakli ko’rsatmalar berildi.
Ma'lumot uchun: tuman miqyosida bunday bolalar soni 9 nafarni tashkil etadi. Ularning barchasiga dasturlash tizimini o’rganish maqsadida noutbuklar va mebel jihozlari sotib olish uchun tuman hokimligidan 70 million 100 ming so’m miqdoridagi mablag’ yo’naltirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram