Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“VATAN TAYANCHI” HARAKATI OTRYADINING 200 NAFAR ENG FAOL A'ZOLARIGA KO’KRAK NISHONLARI TAQDIM ETILDI

×

 2023-12-01 16:09:06    268

PDF yuklash
Chop etish


“Vatan tayanchi” harakati otryadining 200 nafar eng faol a'zolariga ko’krak nishonlari taqdim etildi

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.03.2022 yildagi 150-sonli “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarori asosida respublikamizda va bizning tumanimizda ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni kunda tuman ta'lim dargohlarida ushbu harakatning boshlang’ich bo’limlari tashkil etilgan.

 

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022 yil 31 maydagi qaroriga binoan “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati emblemasi ta'sis etilgan. Bugun tuman madaniyat markazi majlislar zalida ushbu otryadning 200 nafariga “Vatan tayanchi” ko’krak nishonlari topshirish marosimi bo’lib o’tdi.    


Tadbirda “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati rahbari, polkovnik Bahrom Zulfiqorov, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar. Tuman maktablarida tashkil etilgan otryadlar a'zolari qatnashgan tadbirda so’z olganlar «Vatan tayanchi» harakatining asosiy vazifasini hamda maqsadini tushuntirib o’tib o’sib kelayotgan yosh avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik, ma'naviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash kerakligi to’g’risida so’zladilar.

 

Barcha 200 nafar o’quvchilarga “Vatan tayanchi” ko’krak nishoni tantanali tarzda taqdim etildi. Otryadlar faoliyatiga mutasaddilar tomonidan omadlar tilandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram