Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 157 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VATAN O’G’LONLARI NOMI BARHAYOT!

×

 2023-12-01 16:04:43    206

PDF yuklash
Chop etish


Vatan o’g’lonlari nomi barhayot!


So’x tumani hokimi o’rinbosari, oila va xotin qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarova va Lenbur mahalla fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli Ravzaxon Hakimovalar mazkur mahalladagi Xolboyevlar xonadonida bo’lishdi. Xonadon egalarining farzandi Xayriddin Xolboyev Vatan tinchligi yo’lida jon fido qilgan o’g’lonlardan.

Katta serjant Xayriddin Xolboyev 2000 yili Surxondaryoning Sariosiyo va Uzun tumanlarida xalqaro terrorchilarga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etib, qahramonlarcha halok bo’lgan. U ta'lim olgan So’x tumanidagi 18-sonli umumta'lim maktabida uning byusti o’rnatilgan.

Maktab ichida va u yashagan oilada ham qahramon yigitga bag’ishlangan ixchamgina muzey tashkil qilingan. Mazkur muzeyda qahramon yigitning shijoati haqida so’zlaydigan ashyolar joy olgan.

Xayriddin Xolboyevning onasi Gulsnunbi aya bilan muloqot chog’ida saodatli kunlarimiz, osoyishta hayotimizni ta'minlashda uning o’g’li kabi mard va jasur o’g’lonlarning hissasi katta ekani alohida ta'kidlandi. Bunday mard o’g’lonlar shijoati va qahramonligi bugungi yoshlar uchun ibrat maktabi bo’lib doimo xizmat qilishi qayd etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram