Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 99 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-11-29 16:11:26    391

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimni ishdan chetlashtirishi shart:

vakolatli davlat organlarining talabiga ko’ra;


vakolatli davlat organlarining talabiga ko’ra;

alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta'siridan mastlik holatida ishga kelganida yoki ishda bo’lganida;

mehnatni muhofaza qilish sohasida o’quvdan hamda bilim va ko’nikmalari tekshiruvdan o’tmaganda;

majburiy tibbiy ko’rikdan o’tmaganda;

xodim ishni bajarishi uchun tibbiy xulosaga muvofiq qarshi ko’rsatmalar aniqlanganda;

tibbiy xulosaga ko’ra 4 oygacha vaqtincha boshqa ishga o’tkazishga muhtoj xodim boshqa ishga o’tishni rad etganda yoxud ish beruvchida bunday xodimga beradigan ish bo’lmaganda;

xodim foydalanilishi shart bo’lgan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalaridan foydalanmaganda.

Xodim karantinli va odam uchun xavfli boshqa yuqumli kasalliklar tahdidi vaqtida joriy etiladigan profilaktik emlashdan o’tishni rad etganda ish beruvchi uni ishdan chetlashtirishi mumkin. Emlashga xodim sog’lig’ida qarshi ko’rsatmalar bo’lsa ishdan chetlashtirilmaydi.

        Xizmat tekshiruvi o’tkazilganda ham xodim unga xalaqit berishiga asosli sabab bo’lsa, xodim ishdan chetlashtirilishi mumkin.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram