MIB XABARI
2023-11-27 15:26:16 303
MIB xabari
Majburiy ijro byurosiga sudlardan kelib tushayotgan ijro hujjatlari orasida mulkiy xarakaterga ega bo’lmagan nizolar bo’yicha berilgan ijro hujjatlari alohida ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi Qonunining 71-moddasiga ko’ra qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o’zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjati nomulkiy xarakaterdagi ijro hujjatidir. Bunday ijro hujjatlariga o’zining mazmuniga ko’ra ishga tiklash, qarzdorning ko’chirish, imoratni buzib tashlash, yer uchastkasini olib qo’yish va o’tkazish, undiruvchini ko’chirib kiritish kabi ijro hujjatlari kiradi.
Fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudining 06.07.2023 yildagi qaroriga asosan da'vogar O.Jumayevaning javobgar M.Bobojonovga nisbatan uy-joyga kiritib qo’yish to’g’risidagi ijro hujjati yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida da'vogarni ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan birga So’x tumani “Yoshlik” ko’chasi, 27-uyning yashash xonasi barcha asosiy va yordamchi bino inshoatlardan kommunal xizmatlardan foydalanish huquqi bilan kiritib ko’yilib ijro hujjati amalda tamomlandi.
Kelgusida ham bo’lim xodimlari o’z faoliyatida sudlarning qarorlarini o’z vaqtida ijro etilishiga alohida e'tibor qaratadi.
MIB So’x tuman bo’limi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram