Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 111 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOHIBKOR MAHALLASIDA TUMAN HOKIMINING SAYYOR QABULI O’TKAZILDI

×

 2023-11-22 14:15:42    532

PDF yuklash
Chop etish



Sohibkor mahallasida tuman hokimining sayyor qabuli o’tkazildi

Fuqarolar muammolarini o’rganish, ularning turmush tarzini yaxshilash borasida So’x tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bugun tumanning 1-sektoridagi Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini aholisi bilan yuzma-yuz uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolar bilan o’rtoqlashdi va imkon qadar ushbu muammolar joyida hal etilib, ba'zilari nazoratga olindi.

Sayyor qabulda fuqarolar asosan ishga joylashish, maktabgacha ta'lim sohasiga oid muammolar, moddiy yordam olish, qishloq xo’jaligidagi sohaviy muammolar, gaz, elektr, suv ta'minotiga doir masalalar, kommunal sohasi bilan bog’liq masalalar bo’yicha murojaat qilishdi.

Xususan, qabul davomida jami 25 nafar fuqarodan 18 ta masala yuzasidan murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 6 tasi joyida hal etilgan bo’lsa, 7 tasiga huquqiy tushuncha berilib, qolgan murojaatlar nazoratga olindi.

Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal qilish maqsadida tuman hokimi tomonidan tashkilot va korxonalarning mutasaddi rahbarlariga topshiriq va ko’rsatmalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram