Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-11-22 10:26:23    512

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

Avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (277-son, 07.07.2023 y.) bilan avtomobilda yuk va yo’lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi to’g’risida nizom qabul qilindi.

Nizomga ko’ra, ruxsatnomalarda avtomobilda yuk va yo’lovchilarni xalqaro tashish turlari (ikki tomonlama, tranzit yoki uchinchi davlatga/dan tashish) va ulardan foydalanish shartlari ko’rsatiladi.

Ruxsatnomalar quyidagi asosiy turlarga bo’linadi:

ikki tomonlama yuk tashish uchun;

tranzit yuk tashish uchun;

uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun;

ikki tomonlama/tranzit yuk tashish uchun;

ikki tomonlama qatnovlarda yo’lovchilarni nomuntazam tashish uchun;

tranzit qatnovlarda yo’lovchilarni nomuntazam tashish uchun;

ikki tomonlama/tranzit qatnovlarda yo’lovchilarni nomuntazam tashish uchun.

Xorijiy/ko’p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun arizani milliy tashuvchi o’zining ERIsi bilan tasdiqlagan holda “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali takdim etadi va ariza olingan kundan 1 ish kunida ko’rib chiqiladi.

Ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Ruxsatnomalar ular berilgan kundan 90 kalendar kun ichida vakolatli organga qaytarish sharti bilan tashuvchilarga beriladi.

Har bir beriladigan xorijiy/ko’p tomonlama ruxsatnoma uchun BHMning to’rtdan biri (82 ming 500 so’m) miqdorida yig’im undiriladi.

Milliy tashuvchi tomonidan unga berilgan xorijiy/ko’p tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular bo’yicha huquqlar uchinchi shaxslarga berilganligi aniqlangan taqdirda, “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda ushbu tashuvchiga – 3 oy muddatga, yil davomida qayta aniqlansa – 6 oy muddatga barcha xorijiy/ko’p tomonlama ruxsatnomalar berilishi to’xtatiladi.

 

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram