Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 159 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN MIQYOSIDA GEPATIT “A” VA BOTULIZM KASALLIKLARINING KELIB CHIQISH SABABLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH, AHOLI ORASIDA TARQALISHINING OLDINI OLISH YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI

×

 2023-11-22 10:18:05    242

PDF yuklash
Chop etish


Tuman miqyosida gepatit “A” va botulizm kasalliklarining kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish, aholi orasida tarqalishining oldini olish yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi

Tuman madaniyat markazi majlislar zalida bo’lib o’tgan ochiq muloqotda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etdi va unda tuman miqyosida gepatit “A” va botulizm kasalliklarining kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish, aholi orasida tarqalishining oldini olish keng muhokama qilindi. Mazkur tadbirda mahalla fuqarolar yig’inlari beshligi, tuman tibbiyot birlashmasi tarkibiga kiruvchi barcha muassasalar vakillari, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi tasarufidagi muassasalar vakillari ishtirok etdi.


Tadbirda so’z olgan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi boshlig’i A. Xusainov tadbir ishtirokchilariga gepatit va botulizm kasalliklarining kelib chiqish sabablari, uning alomatlari, oldini olish tartibi va kasallkining profilaktikasi haqida atroflicha ma'lumot berdi. Ayni kunda tumanimizdagi holat bo’yicha ham ma'lumot berildi va ahvol qoniqarli emasligi, ushbu yo’nalishda hamkorlkidagi tibbiy-profilaktik ishlarini kuchaytirish lozimligi qayd etib o’tildi.


Tadbirda mazkur kasalliklarning oldini olish va unga qarshi kurashish bo’yicha tuman hokimi o’rinbosarlari, tuman tibbiyot birlashmasi, tuman SEO va JS bo’limi, kambag’alikni qisqartirish va bandlik bo’limi, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi, tumanda faoliyat olib borayotgan ommaviy ahborot vositalari rahbariyatiga qat'iy topshiriq va vazifalar berildi. Aholi, ayniqsa bolalar va yoshlar salomatligiga e'tiborli bo’lish eng asosiy vazifa ekanligi alohida qayd etib o’tildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram