ALIMENTDAN VOZ KECHSA, QAYTA ARIZA BERA OLMAYDIMI
2023-10-31 14:58:49 2461
ALIMENTDAN VOZ KEChSA, QAYTA ARIZA BERA OLMAYDIMI
Savol: Men alimentdan voz kechganman. Hozirgi kunda aliment undirsam bo’ladimi?
Javob: Siz bemalol qayta murojaat qilishingiz mumkin.
Oliy sudi Plenumining 29.07.2016 yildagi 11-son “Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar ta'minoti uchun aliment undirishga oid ishlar bo’yicha qonunchilikni qo’llash amaliyoti to’g’risida”gi qarori 23-bandiga ko’ra sudlarning e'tibori, aliment undirish haqidagi ish bo’yicha da'vogarning da'vodan voz kechishi yoki taraflar kelishuv bitimi tuzishi munosabati bilan ish yuritish tugatilishiga, agar bu bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid bo’lmasa, yo’l qo’yiladi.
Holat o’zgarganda, da'vogarning aliment undirish to’g’risidagi talab bilan sudga qayta murojaat qilishi istisno etilmaydi.
Yuqoridagi qoidaga ko’ra Siz aliment undirish bo’yicha qayta murojaat qilishga haqlisiz.
MIB So’x tuman bo’limi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram