XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI
2023-10-31 14:54:30 1804
Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi
Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining oltinchi chiqiriq yetmish sakkizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiyaga muhokama etish uchun qo’yidagi masalalar qo’yildi:
1. Tumandagi tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar qaytimi hamda mavjud muammoli kredit qarzdorliklarini undirish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida.
2. Tuman mahalliy byudjetining III-chorak ijrosi, tuman mahalliy byudjetining 9-oylik tasdiqlangan daromadlar va xarojotlar yoyilmasiga kiritilgan o’zgartirishlar to’g’risida.
3. 2023-yil III-chorakda jamoatchilik fikri asosida o’tkazilgan tashabbusli byudjet ijrosi va mahalliy byudjetining III-chorak shakllangan qismiga mablag’larning sarflanish yunalishlari to’g’risida.
4. Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari fa'oliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikga oid tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati to’g’risida.
5. “Saxovat va ko’mak” jamg’armasiga tushgan mablag’larni tasarruf etish to’g’risida.
Sessiyaga qo’yilgan ushbu masalalarga oid axborotlar tinglandi va bu bo’yicha deputatlar o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Sesiya kun tartibiga qo’yilgan masalalar yuzasidan tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev, tuman moliya bo’limi mudiri Zayliddin Iskandarovlar birinchi va ikkinchi maslalar bo’yicha ma'ro’za qilishdi. Tumanda III-chorak davomida “Tashabbusli byudjet” loyihalari asosida amalga oshirilgan ishlar xususida ham tuman moliya bo’limi mudiri Zayliddin Iskandarov ishtirokchilarga ma'lumotlar yetkazdi.
Aytish lozimki, o’tayogan 2023 yilda tumanimizning sektorlari kesimida tadbirkorlik yo’naoishida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Sessiyada yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari fa'oliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikga oid tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati to’g’risida tuman hokimi o’rinbosari Adhamjon Safarov ma'lumot berdi va mazkur masalaga oid o’zining fikr va mulohazalarini bildirdi.
Ta'kidlash lozim, tumanimizda kam ta'minlangan, ijtimoiy ko’makka muhtoj oilalarni qo’llab-quvvtlash maqsadida “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi mablag’lari hisobidan amaliy yordam ko’rsatiladi. Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi Rasuljon Mirsaidov ushbu amaliy yordamlar xususida axborot berdi va yo’naltiriladigan navbatdagi mablag’larni tasarruf etish deputatlar tomonidan ma'qullandi.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o’z fikrlarini muzokara davomida bildirdilar. Qo’yilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va sessiya ishiga yakun yasaldi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram