SO’XLIK TADBIRKORLAR QARIYB 12 MLRD SO’MLIK SOLIQ IMTIYOZLARIDAN FOYDALANDI
2023-10-27 16:29:49 2152
So’xlik tadbirkorlar qariyb 12 mlrd so’mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi
Soliq kodeksining 480-moddasiga asosan, ayrim hududlar, xususan, So’x tumanida maxsus soliq stavkalari qo’llanilishini nazarda tutuvchi soliq solishning alohida tartibi belgilangan.
Ushbu hududda faoliyat ko’rsatayotgan soliq to’lovchilar pasaytirilgan soliq stavkalarini qo’llab kelmoqda:
foyda solig’i, AOS, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, ijtimoiy soliq bo’yicha 1 %;
YaTT uchun har chorakda qat'iy belgilangan soliq uchun 25 ming so’m, ijtimoiy soliq bo’yicha BHMning kamida bir baravari miqdorida;
yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i, yer solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koyeffitsiyent qo’llagan holda to’lanishi belgilangan.
So’x tumanida faoliyat yuritayotgan soliq to’lovchilar 2023-yil yanvar-iyun oylarida 11,8 mlrd so’mlik soliq imtiyozlaridan foydalangan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram