Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BATKEN TUMANIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SO’X VA RISHTON TUMANLARI MADANIYAT KUNLARI O’TKAZILDI

×

 2023-10-27 14:51:17    2150

PDF yuklash
Chop etish


Batken tumanida O’zbekiston Respublikasi So’x va Rishton tumanlari madaniyat kunlari o’tkazildi

So’xlik mehmonlarni Sharqobod chegara nazorat-o’tkazish punktida non-tuz va guldastalar bilan qabul qilib olgan qo’shni Qirg’iziston Respublikasi vakillari tomonidan Batken tumani madaniyat markazida ham shunday tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. So’x va Rishton tumani vakillariga mezbonlar tomonidan yuksak ehtirom namunasi ko’rsatildi.   

Aytish lozimki, oxirgi yillarda o’rnatilgan do’stlik munosabatlari samarasi o’laroq, qo’shni Qirg’iziston Respublikasining chegara tumanlari bilan savdo-iqtisodiy, tadbirkorlik, madaniyat va san'at sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda.

Batken tumaniga o’z mahsulotlari bilan tarif buyurgan Rishtonlik kulollar tadbir ishtirokchilariga o’z mahsulotlarini namoyish etishdi.

“San'at – do’stlik ko’prigi!” shiori ostida tashkil etilgan adabiy-badiiy kecha tadbir ishtirokchilariga katta taassurot bag’ishladi.

Tadbir avvalida ikki davlat madhiyasi yangradi. Mehmonlarni Batken rayoni davlat administratsiyasi rahbari Uchqunbek Imomaliyevich Jorobayev, Batken shahri meri Imomnazar Apizovich Barxanovlar samimiy so’zlar bilan qutlashdi.

So’zga chiqgan So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidburhonovich Sayidmusayev va Rishton tumani hokimi Bahodir Rahmatullayevich Xoliqov ham ikki qardosh xalqlar do’stligi haqida fikr bildirib, o’zaro mehr-oqibat va do’stlik munosabatlari rishtalari ikki davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovlarning kuchli siyosiy irodalari tufayli yanada mustahkamlanayotganligini qayd etib o’tdilar. Tadbir jarayonida ikki davlat vakillari tomonidan sovg’alar almashuvi bo’lib o’tdi.

Ikki tuman madaniyat kunlari doirasida tashkil etilgan adabiy-badiiy kecha So’x tumani san'atkorlarining chiqishlari bilan boshlandi. So’x tumani “Yovaylo” folklor dastasi, tuman 30-sonli bolalar musiqa vqa san'at maktabi san'at g’unchalari chiqishlari va Rishton tumani san'at ustalarining diltortar ko’y-qo’shiqlari barcha tadbir ishtirokchilarini raqsga undadi. Ikki xalq do’stligi va inoqligi taralgan ko’y-qo’shiq va asho’lalarda tarannum etildi.

Tadbir yakunida mehmonlar sharafiga ziyofat dasturxoni tashkil etildi. Eslatib o’tamiz, o’tgan yilning iyul oyi avvalida So’x tumanida Qirg’iziston Respublikasi Batken tumani madaniyat kunlari o’tkazilgan edi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram