Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 104 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DO’STLIK VA HAMJIHATLIK RISHTALARI YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA

×

 2023-10-26 16:39:45    2266

PDF yuklash
Chop etish


Do’stlik va hamjihatlik rishtalari yanada mustahkamlanmoqda

O’zbekiston va Qirg’iziston xalqlari o’rtasidagi o’zaro do’stlik va hamkorlik rishtalarining mustahkamlanishi ikki davlat rahbari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va qardosh Qirg’iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovlarning kuchli siyosiy irodalari tufayli tobora yangi bosqichga ko’tarilmoqda. O’zaro do’stlik va birodarlik munosabatlarining mustahkamlanishi esa, o’rtadagi rishtalar ming yillardan beri davom etayotganidan dalolatdir.

Bugun Qirg’iziston Respublikasi Batken tumanida O’zbekiston Respublikasi So’x va Rishton tumanlarining Qirg’iziston Respublikasidagi madaniyat kunlari bo’lib o’tdi. Mazkur sana doirasida Batken tumani madaniyat markazida ikki qardosh xalq san'at ustalari ishtirokida tantanali tadbir bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbir ikki qardosh xalq o’rtasidagi do’stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlanishida asosiy omil bo’lib xizmat qildi desak, aslo mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Yaqin orada ushbu tadbir haqida batafsil ma'lumot yetkazamiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram