Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 140 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUL MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI

×

 2023-10-18 15:29:54    1223

PDF yuklash
Chop etish



Tul mahallasida sayyor qabul o’tkazildi


So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ko’rsatmasiga asosan Tul mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv – sayyor qabul o’tkazildi. Sayyor qabulda ishtirok etgan tuman hokimi o’rinbosari Adhamjon Safarov ishtirokida mahalla ahlining dard-u tashvishiga quloq solindi, muammolari tinglandi.

 

Sayyor qabul davomida fuqarolar o’zlarini qiynayotgan muammo, taklif va mulohazalari bilan tuman hokimi o’rinbosariga murojaat etdilar. Murojaatlarning aksariyati tadbirkorlik uchun yer ajratish, kredit, moddiy yordam, uy joy bilan ta'minlash kabi masalalar bo’lib, barcha murojaatlarning ijobiy yechimi yuzasidan tuman hokimi o’rinbosari tushuntirishlar berib o’tdi.

 

Barcha murojaatlar tegishli ro’yxatga olinib, ayrim murojaatlar joyida hal etildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.


Sayyor qabuldan so’ng murojaatchilarning murojaati manzilli o’rganildi. Tibbiyot maslasida murojaat etgan fuqarolar murojaati ham xonadonbay tizimi asosida ko’rib chiqildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram