Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZGACHA CHIROY VA GO’ZALIKKA OSHNO BO’LISH ISTAGIDA BO’LSANGIZ, SO’XGA KELING!

×

 2023-10-18 15:23:49    842

PDF yuklash
Chop etish


O’zgacha chiroy va go’zalikka oshno bo’lish istagida bo’lsangiz, So’xga keling!

Maftunkor va betakror So’x tumani tabiati, ushbu go’shaning mehnatkash xalqi jurnalistlar va qalam ahli uchun har doim ilhom manbai va alohida mavzu bo’lib kelgan. Shu bois, ushbu jannatmakon go’sha har doim ham hammani o’ziga tortaveradi, jalb qilaveradi.

So’x tumaniga tashrif buyurgan “KUN.UZ” ijodkorlari bilan tumanning turli go’shalarida bo’ldik. Jurnalist Sarvar Ziyoyev va tumanda faoliyat olib borayotgan ommaviy ahborot vositalari vakillariga tashkil etilgan o’ziga xos press-turda asosan tumanimizning maftunkor va betakror tabiati, mehnatkash xalqi, ularning bugungi yumushlari, mahallalardagi qaynayotgan hayot jarayonlari haqida lavhalar tayorlandi.

Demursad mahallasining tog’oldi hududida salkam 1 gektar yer maydonida tashkil etilgan Rauf-ota So’fiyevning bog’i, Chashmaning tarixiy va hamisha serob bulog’i, asalchi Asalbek Murtazobekov, 3 dona kurkadan 600 bosh sergo’sht parrandagacha yetkazgan yosh tadbirkor Nuriddin Usmonaliyev xonadonlarida bo’ldik. Aytgancha, So’xning betakror va go’zal, maftunkor tabiati ham tarixga muhrlandi.

Suratga olingan lavhalar, fotodastgohga muhrlangan So’x hayotidagi turli yangilanish va jarayonlar bevosita Respublika xalqiga birin-ketin taqdim etiladi. Zotan, Vatanning har bir qarich tuprog’i, hatto mayda toshi ham biz uchun aziz – unda Vatan tarixi mujassam, va, o’zgacha chiroy va go’zalikka oshno bo’lish istagida bo’lsangiz, albatta, jannatmakon go’sha - So’xga keling!

                         So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram