Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KEKSA-NURONIY OTAXON VA ONAXONLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

×

 2023-10-11 16:46:11    892

PDF yuklash
Chop etish


Keksa-nuroniy otaxon va onaxonlar holidan xabar olindi

Insonlarni qadrlash, ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olish, muhtojlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash xalqimizga xos fazilatlardan biridir. Mana shu xislatlar orqali o’rtamizdagi mehr-oqibat rishtalari yanada mustahkam.

 

“Keksalar haftaligi” doirasida tuman “Nuroniy” jamg’armasi hamda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’limi hamkorligida tumanimizdagi mahallalarda xayrli tashabbus amalga oshirildi. Homiylar ko’magida sovg’a-salomlar olinib, haftalik doirasida hamkor tashkilotlar vakillari nuroniy otaxon va onaxonlar xonadonlarida bo’ldilar.   

 

Yangiariq, Chumoqcha, Tariq mahalladagi oilalar, keksa-nuroniylar, betob va nogironligi bo’lgan insonlar holidan xabar olinib, ularga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari va esdalik sovg’alari tarqatildi. Tashrifdan cheksiz xursand bo’lgan nuroniylarimiz samimiy so’zlar bilan duolar qilishdi.

 

- Ushbu ezgu amallar va xayriya tadbirlarini muntazam davom ettirmoqchimiz. Tumanimizdagi keksa nuroniylar xonadonilariga birma-bir borib, ularning holidan xabar olishdek ezgu niyatni o’zimizga reja qilib olganmiz, - deydi tuman “Nuroniy” jamg’armasi boshlig’i Farhodjon Mastonov.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram