Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“20 MING TADBIRKOR – 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS” DASTURI DOIRASIDA AYRIM TADBIRKORLARDA BARCHA TURDAGI SOLIQ TEKSHIRUVLARI O’TKAZILMAYDI

×

 2023-10-10 16:49:33    954

PDF yuklash
Chop etish


“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida ayrim tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari o’tkazilmaydi


Xukumat qarori bilan (279-son, 07.07.2023y.) “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tadbirkorlik sub'ektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qo’llash tartibi to’g’risida”gi nizom qabul qilindi.


Nizomga ko’ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan ta'minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlar mol-mulk va yer solig’i bo’yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo’ladi, bunda:


51 tadan 100 tagacha yangi ish o’rinlari yaratadigan tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig’ining amaldagi soliq stavkasi 50 foizga; 


101 tadan 200 tagacha yangi ish o’rni yaratadiganlar uchun 75 foizga kamaytiriladi;


200 tadan ortiq ish o’rinlari yaratadiganlar mazkur soliqlarni to’lashdan ozod etiladi.


Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida to’lanadigan soliqlar bundan mustasno) ta'minotsiz va foizsiz quyidagi muddatlarga bo’lib to’lash huquqi beriladi:


51 tadan 100 tagacha yangi ish o’rni yaratadigan tadbirkorlarga – 3 oy muddatda;


101 tadan 200 tagacha yangi ish o’rni yaratadigan tadbirkorlarga – 6 oy muddatda;


200 tadan ortiq yangi ish o’rni yaratadigan tadbirkorlarga – 12 oy muddatda.


Quyidagicha miqdorda yangi ish o’rinlari yaratilgan taqdirda ularga nisbatan quyidagi tartibda soliq tekshiruvlari o’tkazilmaydi:


51 tadan 200 tagacha yangi ish o’rni yaratadigan tadbirkorlarda soliq auditi o’tkazilmaydi;


200 tadan ortiq yangi ish o’rni yaratadigan tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari o’tkazilmaydi.


Dasturga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan bojxona tartib-taomillariga rioya etilgan holatlarda ularga nisbatan “yashil yo’lak” tartibi qo’llaniladi.


Bojxona to’lovlarini ta'minotsiz va foizsiz quyidagi muddatlarga bo’lib to’lash huquqi beriladi:


51 tadan 100 tagacha yangi ish o’rni yaratadigan tadbirkorlarga – 3 oy muddatda;


101 tadan 200 tagacha yangi ish o’rni yaratadigan tadbirkorlarga – 6 oy;


200 tadan ortiq yangi ish o’rni yaratadigan tadbirkorlarga – 12 oy.


Raxmonov Iskandarbek Dilshodjon o’g’li - Farg’ona shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram