DAVLATGA TEGISHLI SUV HAVZALARINI TADBIRKORLIK SUBEKTLARIGA “E-AUKSION” ELEKTRON SAVDO PLATFORMASI ORQALI IJARAGA BERISH TARTIBI BELGILANDI
2023-10-10 16:47:07 288
Davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik subektlariga “e-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tartibi belgilandi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik subektlariga «e-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlandi.
Ushbu qarorga ko’ra 2023-yil 1-oktabrdan boshlab quyidagilar belgilandi:
· davlatga tegishli tabiiy va sun'iy suv havzalari va suv omborlari baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun;
· tabiiy va sun'iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer uchastkalari esa suv bo’yida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati xizmatlarini ko’rsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan, baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (o’tov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun tadbirkorlik subektlariga ijaraga berish yo'lga qo'yildi.
Bunda tadbirkorlik subektlariga Suv havzasi va yer uchastkasi ijaraga beruvchi tomonidan balansda saqlovchining arizasiga asosan elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdosi orqali amalga oshiriladi.
Bunda yuqoridagi faoliyat turlarini tashkil etish uchun Suv havzasining va yer uchastkasining kamida 10 yil muddatga tuziladi. Ijara shartnomasining muddatini kelgusi davr uchun uzaytirishga ijaraga oluvchi ijara shartnomasi bo’yicha o’z majburiyatlarini lozim darajada bajarganda va ijara to’lovidan qarzdorligi mavjud bo’lmagan holatda qo’shimcha yana 10 yil muddatga uzaytirish huquqi bilan ochiq elektron onlayn-auksion savdosi orqali ijaraga beruvchi, balansda saqlovchi va ijaraga oluvchi o’rtasida tuziladigan ijara shartnomasi asosida ijaraga beriladi.
Ijaraga berilgan havzalardan tushgan mablag'lar ijaraga beruvchining belgilangan tranzit hisobvarag’iga tushgan mablag’lar elektron savdo platformasida savdolarni tashkil etish xarajatlarini chegirgan holda quyidagicha taqsimlanadi:
· “O’zbekbaliqsanoat” uyushmasiga tanho foydalanishga berilgan tabiiy suv havzalarini ijaraga berishdan tushgan mablag’larning 50 foizi Ekologiya jamg’armasiga, 40 foizi Baliqchilikni rivojlantirish jamg’armasiga, 10 foizi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obektlaridan samarali foydalanish markaziga;
· “O’zbekbaliqsanoat” uyushmasiga tanho foydalanishga berilgan sun'iy suv havzalarini (suv omborlarini) ijaraga berishdan tushgan mablag’larning 90 foizi Baliqchilikni rivojlantirish jamg’armasiga, 10 foizi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obektlaridan samarali foydalanish markaziga;
· baliqni sanoat usulida yetishtirish va ovlash maqsadlaridan boshqa maqsadlarda tabiiy suv havzalarini ijaraga berishdan tushgan mablag’larning 90 foizi Ekologiya jamg’armasiga, 10 foizi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obektlaridan samarali foydalanish markaziga yo’naltiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram