KEKSA AVLOD VAKILLARIGA YUKSAK EHTIROM KO’RSATILDI
2023-10-10 16:45:34 283
Keksa avlod vakillariga yuksak ehtirom ko’rsatildi
Barchamizga ma'lumki, keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o’rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Hukumat qarori qabul qilingan. Qarorga muvofiq, 2019 yildan boshlab har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilandi.
“Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko’rsatish-xalqimizga xos ezgu fazilat” g’oyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida shu jumladan, So’x tumanida ham “Keksalar haftaligi” bo’lib o’tmoqda.
Aytish lozim, "Keksalar haftaligi" doirasida tumanimizda ham ko’plab ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda "Nuroniy" jamg’armasining tuman bo’linmasi hamkorligida tashkillandi.
Tuman “Nuroniy” jamg’armasi raisi Farhodjon Mastonovning so’zlariga ko’ra, tuman mahallalaridan tashrif buyurgan 150 nafardan ortiq nuroniylarga “Sohil” tantanalar saroyida ziyofat tashkil etildi. Tadbirda qatnashgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Respublikamizda keksa avlod vakillariga berilayotgan e'tibor haqida gapirib, yoshi ulug’ nuroniylarimiz hamisha izzat va e'tibor markazida ekanliklarini alohida ta'kidladi.
Tadbirda ishtirok etgan nuroniylar davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan e'tiborga har doim shukr qilib, shukronalik bilan yashash lozimligini ta'kidladilar. Taralgan ko’y va qo’shiqlar, ajoyib kulgu va raqslar bilan tadbir yanada fayzli o’tdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram