TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI
2023-10-06 17:51:58 298
TUMAN KENGAShINING NAVBATDAGI SESSIYaSI BO’LIB O’TDI
Tuman madaniyat markazi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 77-sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman sektorlari rahbarlari, hokim o’rinbosarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiyaga raislik qilgan tuman hokimi, Kengash raisi Sayidbahrom Sayidmusayev sessiyani ochib, ishtirokchilarga kun tartibiga qo’yilgan masalalar yuzasidan ma'lumotlar berdi.
Sessiya kotibini saylangandan so’ng ishtirokchilar kun tartibidagi masalalar muhokamasiga kirishdilar.
Kun tartibidagi birinchi masala - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 27 dekabrdagi № SQ-669-IV-qarori hamda Farg’ona viloyat hokimining 2023-yil 30-yanvardagi № 03-14 sonli topshirig’iga asosan sektor rahbarlari tomonidan o’z hududlarida ijtimoiy iqtisodiy dasturlarni ijrosi yuzasidan hisobotlari to’g’risida sessiya ishtirokchilari tuman sektorlari rahbarlarining hisobotlarini tingalshdi.
Masala yuzasidan sektorlar hududida bajarilgan ishlar xususida tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sayidbahrom Sayidmusayev, 2-sektor rahbari Sadirali Mirzokarimov, 4-sektor rahbari Faridjon To’raboyev va 3-sektor hududida bajarilgan ishlar xususida tuman Kengashi kotibiyat mudiri Masudjon Jumayevlar ma'ro’za qilishdi.
Kun tartibiga qo’yilgan ikkinchi masala - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 20-sentyabrdagi “Tuman byudjeti mablag’larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yunaltirish tartibi to’g’risida”gi namunaviy Nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqidagi SQ-406-IV-sonli qaroriga asosan, mazkur loyihada ishtirok etgan tashabbuslar va g’olib bo’lgan loyihalar xususida tuman moliya bo’limi boshlig’i Zayliddin Iskandarov sessiya ishtirokchilariga hisobot berdi. Deputatlarning birdam ovozi bilan loyihalarga yo’naltiriladigan mablag’lar tasdiqlandi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan navbatdagi masala - So’x tuman ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi inspektsiyasining 2023-yil 9-oylik fa'oliyati to’g’risidagi hisoboti bo’yicha sessiya ishtirokchilariga tuman inspektsiyasi boshlig’i Qayumjon Hasanov ma'lumot berdi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala “O’zbekiston – 2030” strategiyasining hududlar kesimida ijro etilishi yuzasidan tumandagi korxona va tashkilotlari rahbarlarining Xalq deputatlari tuman Kengashida axborotini eshitib borish reja-jadvalini tasdiqlash to’g’risida tuman Kengashi kotibiyat mudiri Masudjon Jumayev ma'lumot yetkazdi va deputatlar tomonidan mazkur reja bir ovozdan tasdiqlandi.
Sessiya davomida deputat Farruxjon Boborustamov tomonidan berilgan dolzarb masaladagi taklifi ham o’rganilib, tahlil etildi va turli muhokamalarga sabab bo’ldi. So’x tumani aholisi, ayniqsa, ba'zi korxona-tashkilotlar rahbarlari, hatto tuman Kengashi deputatlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar sahifalarida bildirayotgan noxolis fikrlari, asossiz tanqidlari So’x tumani aholisi mentalitetiga mos kelmasligi, fuqarolarimiz sha'niga dog’ tushirayotgani xususida deputat Farruxjon Boborustamov alohida fikr bildirdi.
So’z erkinligiga berilgan sharoit va imkoniyatlar bizga, maynamizga kelgan asossiz va noxolis fikrlarni bildirishga, fuqarolar, ayniqsa, rahbalarga nisbatan turli to’hmat va nadomat toshlarini otishga yo’l ochadi, degani emas. Ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirayotgan fikr va mulohazalar xolis va adolatli bo’lishi lozimligi deputat va sessiya ishtirokchilari tomonidan alohida qayd etildi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi boshlig’i Rasuljon Mirsaidov ham sessiya davomida ishtirokchilarga moddiy yordamga muhtoj kam ta'minlangan fuqarolar xususida ma'lumot berib, ularning tabobatiga pul mablag’lari berish bo’yicha gapirdi. Bu taklif ham deputatlar tomonidan ma'qullandi va ijro uchun tasdiqlandi.
Sessiya kun tartibga qo’yilgan masalalar bo’yicha deputatlar Subhonali Nishonov, Hamroali Haydarov, Nu'monjon Sadirbekov, Amirali Safarov va boshqa ishtirokchilar o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va shu bilan Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 77-sessiyasiga yakun yasaldi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram